Barcha yangiliklar

KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
03 Avg 2026
15:59
Deputat Zafarbek Dovletov Pastom mahallasidagi elektr muammosini koʻtardi
Tuproqqal’alik deputat Zafarbek Dovletov saylovchilarining Sogʻbon koʻchasidagi past kuchlanishli elektr tarmogʻi haqidagi murojaatini oʻrgandi va muammo haqiqatdan ham mavjudligini tasdiqladi.
Ushbu holatni bartaraf etish yuzasidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga rasmiy Deputat soʻrovi yuborildi. Muammoning yechimi qatʼiy nazoratga olingan.