Barcha yangiliklar



KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
03 Avg 2026
15:54
📌 Qonun ijrosi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati N.Mo‘minov tomonidan tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (2004-yil 26-avgust, O‘RQ-662-II, yangi tahrir) ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish va ularning huquq hamda manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.