Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 204422
Gallery image 204423
Gallery image 204424
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
03 Avg 2026
15:52

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 19¹-modda 

🌿 G‘ambur mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-G‘ambur saylov okrugi deputati S.To‘rayeva tashabbusi bilan G‘ambur mahallasida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida obodonlashtirish ishlari olib borildi.

🌱 Tadbir davomida mahalla hududida tozalik va ozodalikka alohida e’tibor qaratilib, ko‘chalar, umumiy foydalanish joylari tartibga keltirildi hamda hudud ko‘rkini yanada oshirishga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirildi.

🤝 Ushbu ezgu tashabbusdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallalarda obod va fayzli muhit yaratish, aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaxshilash hamda fuqarolar o‘rtasida hamjihatlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.

✅ Deputatlik tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan bunday ishlar hududlarda obodonchilik madaniyatini yuksaltirish, aholi murojaatlari va manfaatlariga e’tibor qaratish borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir.

🌿 Obod mahalla — farovon hayot va sog‘lom kelajak garovi!