Barcha yangiliklar
ZOMIN MILLIY TABIAT BOG‘IDA HUQUQIY MADANIYAT VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
07 Iyul 2026
15:51

ZOMIN MILLIY TABIAT BOG‘IDA HUQUQIY MADANIYAT VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Huquqiy madaniyat oyligi doirasida Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati X.Xazratqulov tomonidan Zomin milliy tabiat bog‘ida huquqiy madaniyatni oshirish, ekologik qonunchilikka rioya etish va korrupsiyaga qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda bog‘ xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ekologik talablar, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.