Barcha yangiliklar
Mahallalarda obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi
Gallery image 204347
Gallery image 204348
Gallery image 204349
Gallery image 204350
Gallery image 204351
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
03 Avg 2026
15:14

Mahallalarda obodonlashtirish ishlari joyida o‘rganildi

O‘rganish davomida hududlarning sanitariya va ekologik holati, ichki yo‘llar va piyodalar yo‘laklari, ko‘cha yoritish tizimi, noqonuniy ko‘cha savdosining oldini olish, yashil hududlarni asrash va kengaytirish, kommunal infratuzilma hamda obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda hududdagi mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan hududlarni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlarini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi