Barcha yangiliklar
Qurg‘oncha mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Gallery image 204342
Gallery image 204343
Gallery image 204344
Gallery image 204345
Gallery image 204346
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
03 Avg 2026
15:13

Qurg‘oncha mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova mahallaga tashrif buyurib, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi hamda mas'ullar va mahalla faollari bilan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muloqot qildi.

Tashrif davomida hududni yanada obod va ozoda saqlash, yashil hududlarni kengaytirish hamda obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

🇺🇿 Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda obodlik muhitini mustahkamlash, aholining birdamligini kuchaytirish hamda Mustaqilligimizning 35 yillik bayramini munosib kutib olishga xizmat qilmoqda.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi