Barcha yangiliklar
🏢📋 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Gallery image 204314
Gallery image 204315
Gallery image 204316
Gallery image 204317
Gallery image 204318
Gallery image 204319
Gallery image 204320
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
03 Avg 2026
15:03

🏢📋 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi **“Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”**gi O‘RQ-581-son Qonuni ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati O‘zLiDeP Dushamov Elyor Shuhrat o‘g‘li hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan tumanning Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan ko‘p kvartirali uylar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔍 O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uylarning umumiy foydalanish joylari, obodonlashtirish ishlari, sanitariya holati, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining bugungi holati hamda boshqaruv tizimi faoliyati yuzasidan monitoring olib borildi.
🤝 Shuningdek, uy-joy mulkdorlari va mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
📌 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash hamda ko‘p kvartirali uylarni samarali boshqarish yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.
✅ Bu kabi o‘rganishlar aholiga qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, ko‘p kvartirali uylarni samarali boshqarish hamda hududlarni yanada obod qilishga xizmat qiladi.