Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 204293
Gallery image 204294
Gallery image 204295
Gallery image 204296
Gallery image 204297
Gallery image 204298
Gallery image 204299
Gallery image 204300
Gallery image 204301
Gallery image 204302
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
03 Avg 2026
14:57

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining III chaqiriq 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov ham faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashdi.

📝 Sessiya davomida tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, davlat dasturlari ijrosi hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi.

💬 Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan kun tartibidagi masalalar atroflicha tahlil qilinib, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish, mahalliy byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi. Toshkent shahar Kengashi deputati Sergey Mironov ham sessiyada faol ishtirok etib, muhokama etilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdi.

✅ Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash