Barcha yangiliklar







G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
03 Avg 2026
13:16
#deputat_daftari
Maktabdagi sanitariya masalasi deputatlik nazoratiga olindi
💠Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati N. Baxriyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari doirasida Ravot mahallasidagi 4-sonli umumta’lim maktabida bo‘ldilar.
🟢O‘rganish davomida maktab hududidagi hojatxona qudug‘i to‘lib qolgani aniqlanib, uni maxsus assenizatsiya texnikasi yordamida bo‘shatish masalasi joyida ko‘rib chiqildi hamda tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.
➡️Mazkur masala deputat daftariga kiritilib, muammoni bartaraf etish va sanitariya holatini yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.