Barcha yangiliklar
#19_1_modda
Gallery image 204239
Gallery image 204240
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
31 Iyul 2026
13:10

#19_1_modda


🔹Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev tomonidan saylov okrugidagi "Yangi Hayot" mahallasida barpo etilayotgan yangi sement latok hamda Bog‘izag‘on kanalida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilgan ishlarning sifati va loyiha talablari asosida amalga oshirilayotgani ko‘zdan kechirildi. Hozirda qurilish ishlarining ma’lum qismi yakunlangan bo‘lib, qolgan qismini belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi qurilish me’yorlariga to‘liq rioya etgan holda bajarish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar hamda topshiriqlar berildi.

🔹Mazkur loyiha hududda sug‘orish tizimini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish va aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim infratuzilma obyektlaridan biri hisoblanadi.