Barcha yangiliklar
#deputat_daftari
Gallery image 204196
Gallery image 204197
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
24 Iyul 2026
12:46

#deputat_daftari

🔸Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati va kotibiyat xodimlari tomonidan "Xoʻjayuz" MFYda ichimlik suvi taʼminoti bilan bogʻliq murojaat joyiga chiqib oʻrganildi.

🔸Aniqlanishicha, texnik nosozlik sababli bosh nasos ishlamay qolgan. Nosozlik elektr taʼminoti bilan bogʻliq ekani maʼlum boʻldi. Shu sababli soʻnggi 2 kun davomida mahalla aholisiga, shuningdek, hududdagi 36-son umumtaʼlim maktabida olib borilayotgan qurilish obyektiga vaqtinchalik noqulaylik yuzaga kelgan. Qurilishda mehnat qilayotgan 80 nafarga yaqin ishchilar uchun ichimlik suvi maxsus transport orqali yetkazib berilmoqda.

🔸Masala yuzasidan deputat kotibiyati tomonidan tegishli tashkilotlar bilan zudlik bilan bogʻlanildi. Mutasaddilar tomonidan muammoni bugun kechga qadar bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻrilayotgani bildirildi.