Barcha yangiliklar
"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
Gallery image 204082
Gallery image 204083
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
31 Iyul 2026
00:00

"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi


"Payshanba – yoshlar kuni" doirasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon shahar bo‘linmasi rahbari, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov tomonidan Andijon shahridagi "Pistamozor" mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ma'naviy-ma'rifiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda turli yot g‘oyalardan asrash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlarning kelgusidagi maqsad va rejalari bilan yaqindan tanishilib, ularning tashabbuslari, qiziqishlari hamda takliflari tinglandi. Uchrashuv yakunida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish ta'kidlandi.