Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 204072
Gallery image 204073
Gallery image 204074
Gallery image 204075
Gallery image 204076
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
03 Avg 2026
10:46

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Fuqarolar murojaati — deputatlik nazoratida

🏘 Sherobod tumani “Bahor” mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarning ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masala fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganilib, mazkur masala yuzasidan A.Tojiyevtomonidan deputatlik so‘rovi kiritilgan edi. 

📄 Kiritilgan deputatlik so‘rovi belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

💧 Sherobod tuman hokim o‘rinbosari E. Musayev tomonidan taqdim etilgan javob xatida bildirilishicha, “Surxondaryo suv ta’minoti” MChJ tuman bo‘limi tomonidan ko‘p qavatli uylarni ichimlik suvi bilan ta’minlovchi suv inshootidagi nosoz nasos  yangisiga almashtirilgan hamda mavjud kamchiliklar bartaraf etilgan. 

🤝 Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish va ijrosini nazorat qilish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.