Barcha yangiliklar
Dolzarb 90 kunlik hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida!
Gallery image 204065
Gallery image 204066
Gallery image 204067
Gallery image 204068
Gallery image 204069
Gallery image 204070
Gallery image 204071
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
31 Iyul 2026
00:00

Dolzarb 90 kunlik hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida!

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Qurbonova tomonidan Andijon pedagogika texnikumida 2026–2027-o‘quv yili uchun avtomobilsozlik yo‘nalishida ta'lim olish istagida hujjat topshirgan yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida texnikumning ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, maxsus yagona forma talablari, o‘quv va amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xorijda ta'lim olish va mehnat faoliyatini davom ettirishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ota-onalar tomonidan farzandlarining ta'lim-tarbiyasi va ichki tartib-qoidalarga rioya etishini ta'minlash yuzasidan kafolat xatlari rasmiylashtirildi.