Barcha yangiliklar
Yoshlar bilan ochiq muloqot: muammolar tinglandi, takliflar qo‘llab-quvvatlandi
Gallery image 204059
Gallery image 204060
Gallery image 204061
Gallery image 204062
Gallery image 204063
Gallery image 204064
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
30 Iyul 2026
00:00

Yoshlar bilan ochiq muloqot: muammolar tinglandi, takliflar qo‘llab-quvvatlandi

Bugun Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov shahrimizdagi 50-sonli umumta’lim maktabida yoshlar kuni munosabati bilan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalariga kira olmagan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, texnikum va o‘quv markazlariga jalb etish, kontrakt to‘lovlari hamda moddiy ko‘mak masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ilmiy izlanish olib borayotgan, ijod bilan shug‘ullanayotgan, kitob va she’riy asarlar yaratib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Murojaatlar yo‘nalishlar kesimida mas’ullarga biriktirilib, ularni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilandi.