Barcha yangiliklar
📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida
Gallery image 203944
Gallery image 203945
Gallery image 203946
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
28 Iyul 2026
00:00

📌 Saylovchilar bilan ochiq muloqot – muammolar va takliflar e'tibor markazida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Yulchiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Azimova tomonidan 2026-yilning II choragi yakunlari yuzasidan "Beshyuz" mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Shuningdek, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasida ko‘rib chiqiladigan tuman Ichki ishlar bo‘limi, Soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbarlarining hisobotlari yuzasidan saylovchilarning fikr va takliflari o‘rganildi.

🤝 Ochiq muloqot va fuqarolar fikriga tayanilgan faoliyat — samarali boshqaruvning muhim omilidir.