Barcha yangiliklar
Aholi muammolari joyida o‘rganildi
Gallery image 203885
Gallery image 203886
Gallery image 203887
Gallery image 203888
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
31 Iyul 2026
09:00

Aholi muammolari joyida o‘rganildi

Qabul davomida 14 nafar fuqarodan jami 15 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar asosan hududdagi maktab va bog‘cha uchun yangi bino qurish, eski elektr simyog‘ochlarini yangisiga almashtirish, ko‘mir hamda suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash kabi masalalarda bo‘ldi.

Shuningdek, ichki yo‘llarni asfalt qilish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, daydi itlar xavfini bartaraf etish, uy-joy ta’miri va tadbirkorlik uchun kreditlar ajratish bo‘yicha murojaatlar tinglanib, ularni hal qilish yuzasidan rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.