Barcha yangiliklar
Xalq manfaati – amalda!
Gallery image 203879
Gallery image 203880
Gallery image 203881
Gallery image 203882
Gallery image 203883
Gallery image 203884
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
01 Avg 2026
08:58

Xalq manfaati – amalda!

Avvalroq, Qilichboy ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi mavjud bozorni zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish bo‘yicha fuqarolar tomonidan deputatga murojaat kelib tushgan edi.

Aholi murojaatini e’tiborsiz qoldirmagan holda, deputat Muxabbat Raximova tomonidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

Natija esa uzoq kuttirmadi:
Deputat so‘rovi hamda bildirilgan tashabbus natijasida ushbu hududda qurilish va rekonstruksiya ishlari rasman boshlandi!
Tez orada Qilichboy ovuli aholisi uchun barcha qulayliklarga ega, zamonaviy va shinam bozor foydalanishga topshiriladi. Bu esa nafaqat xaridorlar va sotuvchilar uchun qulaylik yaratadi, balki hudud obodligiga ham munosib hissa qo‘shadi