Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 203852
Gallery image 203853
Gallery image 203854
Gallery image 203855
Gallery image 203856
Gallery image 203857
Gallery image 203858
Gallery image 203859
Gallery image 203860
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
01 Avg 2026
16:53

Kengash_faoliyati

Bandixon tuman hokimining deputat sifatida navbatdagi uchrashuvi “Paxtakor” mahallasida bo‘lib o’tdi

📍Bandixon tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat Abdumalik Allamuradovning “Paxtakor” mahallasidagi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda deputatning 2026-yilning dastlabki olti oyidagi faoliyati yuzasidan hisoboti taqdim etildi. Unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish va bunyodkorlik borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Fuqarolar tomonidan ishga joylashish, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.

Shuningdek, aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi imkoniyat va imtiyozlar to’g’risida tushuntirishlar berildi.

📌 Har bir murojaat — e’tiborda, har bir taklif — nazoratda!

Uchrashuv davomida fuqarolarning savollariga mas’ullar tomonidan javoblar berilib, ko‘tarilgan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Xalq vakili bo‘lish — avvalo xalq dardini tinglash va uning yechimi uchun mas’uliyatni zimmasiga olish demakdir.