Barcha yangiliklar







ATANAZAROV DONIYOR KUVANDIKOVICH
01 Avg 2026
11:46
DEPUTATLIK NAZORATI
Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati N.Pirimbetova tomonidan Qumbiz mahallasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida hudud aholisi tomonidan 33-sonli umumta’lim maktabiga yaqin hududda joylashgan xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lidan o‘tish xavfli ekanligi, ayniqsa, o‘quvchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu hududga qo‘lda boshqariladigan svetofor o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi. Deputat bu masalani shaxsiy nazoratga olishini aytib o‘tdi.