Barcha yangiliklar
Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Gallery image 203790
Gallery image 203791
Gallery image 203792
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
31 Iyul 2026
11:20

Deputat o‘z okrugidagi mahallalarda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatov hamda tuman Kotibiyati bosh mutaxassisi S.Amanov tomonidan okrug hududiga qarashli "Bobolochin" mahallasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarni joyida o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida mahallalarning sanitariya holati, ichki ko‘chalar obodonchiligi, yo‘l yoqalari va ariq-zovurlarni tozalash, daraxtlarni oqlash va shakl berish, ko‘kalamzorlashtirish, ichimlik suvi hamda tungi yoritish tizimi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ijtimoiy soha obyektlari, qabristonlar va jamoat maskanlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, "Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, mahallalarda jamoatchilik faolligini oshirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish ishlariga keng jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.