Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
Gallery image 203771
Gallery image 203772
Gallery image 203773
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
30 Iyul 2026
10:16

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi O‘.Xoshimov “Guliston” mahallasida elektr energiyasi infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni  o‘rgandi.  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanining og‘ir toifadagi “Guliston” mahallasida aholi turmush sharoitini yaxshilash va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan mahallada elektr tarmoqlarini yaxshilash 7 km yangi tarmoq tortish va beton ustunlar o‘rnatish hamda 1 dona yangi transformator o‘rnatish o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda temir beton ustunlar o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar  bilan tanishdi.
Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.