Barcha yangiliklar
Zangiota tumanida Yoshlar maslahat guruhlari
Gallery image 203747
Gallery image 203748
Gallery image 203749
Gallery image 203750
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
31 Iyul 2026
21:45

Zangiota tumanida Yoshlar maslahat guruhlari

Zangiota tumanida Yoshlar maslahat guruhlari uchun trening tashkil etildi

✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari uchun navbatdagi o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

✨Trening “Yuksalish” umummilliy harakati xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘limi hamda BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning bolalar va yoshlar ishtiroki bo‘yicha milliy ekspertlari tomonidan BMTning “O‘zbekistonda yoshlar va bolalar uchun qulay mahalliy boshqaruvning inklyuziv transformatsiyasi” loyihasi doirasida tashkil etildi.

✨Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar mahalliy boshqaruvda yoshlarning ishtirokini kuchaytirish, inklyuziv yondashuvlarni amaliyotga joriy etish, jamoatchilik bilan samarali muloqot hamda tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.