Barcha yangiliklar
Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi tomonidan uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi
Gallery image 203737
Gallery image 203738
Gallery image 203739
Gallery image 203740
Gallery image 203741
Gallery image 203742
Gallery image 203743
Gallery image 203744
Gallery image 203745
Gallery image 203746
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
31 Iyul 2026
21:14

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi tomonidan uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

Mazkur seminarning asosiy maqsadi uchastka saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligiga oid bilim va
amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, saylov jarayonlarini milliy qonunchilik hamda xalqaro demokratik tamoyillar asosida ochiq, oshkora va shaffof tashkil etish bo‘yicha malakasini oshirishdan iborat bo‘ldi.
 

Seminar davomida ishtirokchilarga saylov uchastkasini ovoz berishga tayyorlash, saylovchilar ro‘yxati bilan
ishlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovoz berish kuni uchastka saylov komissiyasining vakolat va vazifalari, saylov hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish, ovozlarni sanash hamda yakuniy bayonnomalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
 

Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida saylov jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan turli amaliy vaziyatlar misolida
treninglar tashkil etilib, komissiya a’zolarining har bir bosqichda qonunchilik talablariga muvofiq to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan amaldagi saylov qonunchiligi asosida batafsil javoblar berildi.
 

O‘quv-amaliy seminar interaktiv muloqot shaklida tashkil etilib, unda uchastka saylov komissiyalari a’zolarining saylov jarayonlarini samarali tashkil etish, saylovchilarning saylov huquqlarini ta’minlash hamda saylovlarning ochiqligi, oshkoraligi va shaffofligini yanada mustahkamlash borasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.