Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 203648
Gallery image 203649
Gallery image 203650
Gallery image 203651
Gallery image 203652
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
31 Iyul 2026
18:43

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Shoxida Nasridinova okrug hududidagi 112-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik darajasini o‘rgandi.

Umumta’lim maktablari faoliyatini yaxshilash, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, innovatsion metodlar asosida dars berish sifatini oshirish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng ustuvor vazifa.

O‘rganish jarayonida maktabdagi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirlayotgan ishlar, bunda sinf xonalari va ichki yo‘laklarining ta’mirdan chiqarilgani, obodonlashtirish ishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, yangi o‘quv yiliga moddiy-texnika bazasining mavjudligi hamda 1-sinfga qabul qilish jarayonlarining ketishi yuzasidan maktab direktori bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Bunyodkorlik ishlari maktabda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish, pedagoglar faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilishi va o‘quvchi-yoshlarning puxta bilim olib, jismonan sog‘lom voyaga yetishishiga xizmat qiladi.