Barcha yangiliklar
Mahallada deputat tashabbusi va bevosita ko‘magi asosida Nuroniylar maskani barpo etilmoqda.
Gallery image 203604
Gallery image 203605
Gallery image 203606
Gallery image 203607
Gallery image 203608
Gallery image 203609
Gallery image 203610
Gallery image 203611
Gallery image 203612
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
31 Iyul 2026
18:32

Mahallada deputat tashabbusi va bevosita ko‘magi asosida Nuroniylar maskani barpo etilmoqda.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 11-“Chekmirzaobod” saylov okrugi deputati A.Sirojiddinov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyevlar tomonidan “Chekmirzaobod” mahalla fuqarolar yig‘ini Sharq yulduzi ko‘chasida bunyod etilayotgan Nuroniylar maskani qurilish jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur maskan deputat tashabbusi va uning bevosita ko‘magi asosida barpo etilayotgan bo‘lib, nuroniylarning mazmunli hordiq chiqarishi, uchrashuvlar o‘tkazishi hamda mahalla hayotidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

O‘rganish davomida qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda obyektda yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.