Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati  Yangi kuch  mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
31 Iyul 2026
18:31

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Yangi kuch mahallasidagi qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati A.Kamolov o‘zining deputat sifatidagi faoliyati doirasida Yangi kuch mahallasida bo‘lib, hududdagi qabristonlarda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Xalq vakili — deputat sifatida amalga oshirilgan ushbu o‘rganish jarayonida qabriston hududini tartibga keltirish, devorlarini tiklash, tozalikni saqlash hamda ziyoratgohlarni munosib holatga keltirish borasida bajarilayotgan yumushlar ko‘zdan kechirildi. Mahalliy aholi va jamoatchilik vakillari bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, hasharlar tashkil etish va tartibni doimiy saqlash yuzasidan mas’ullarga deputatlik nazorati asosida tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.