Barcha yangiliklar
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlik nazorati davom etmoqda
Gallery image 203568
Gallery image 203569
Gallery image 203570
Gallery image 203571
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
31 Iyul 2026
18:22

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlik nazorati davom etmoqda

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlik nazorati davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. To‘rayev tomonidan Gulakandoz MFY, Roziy ko‘chasidagi holat o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘chaboshisi Raxmat ota Ro‘ziyev bilan uchrashilib, sug‘orish tizimi, suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi.

Suhbat davomida ko‘chaboshi tomonidan tomorqa yerlarini sug‘orishda suv sarfini kamaytirish va suvdan oqilona foydalanish maqsadida ariqlar chetlarini betonlashtirish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.