Barcha yangiliklar





UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
27 Iyul 2026
00:00
Aholi takliflari asosida sport maydonini takomillashtirish rejalashtirilmoqda
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U.Raximjonov hamda mahalla yoshlar yetakchisi bilan birgalikda Oltin vodiy mahallasida aholi, ayniqsa yoshlar va bolalarning sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsadida mavjud futbol maydoni koʻzdan kechirildi.
Oʻrganish jarayonida futbol maydonining bugungi holati tahlil qilinib, uni yanada obodonlashtirish, zarur infratuzilma bilan taʼminlash hamda sport inshootidan samarali foydalanish yuzasidan mahalla aholisining taklif va mulohazalari oʻrganildi.