Barcha yangiliklar









UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
27 Iyul 2026
00:00
📍 Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Bugun tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Z.Nizomiddinov, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Moʻminova, Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov, deputatlar G.Risqulova va N.Tashmatov, shuningdek, mahalla yettiligi, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yigʻilish davomida tumanni kompleks rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan belgilangan vazifalar muhokama qilinib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🤝 Hudud taraqqiyoti yoʻlida hamjihatlik va samarali hamkorlik — asosiy maqsad.