Barcha yangiliklar
“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar holati o‘rganilmoqda
Gallery image 203509
Gallery image 203510
Gallery image 203511
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
31 Iyul 2026
18:11

“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar holati o‘rganilmoqda

“Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar holati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tashabbusi bilan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Shu doirada Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva o‘ziga biriktirilgan “Ayollar daftari”dagi fuqarolar xonadonida bo‘lib, ularning yashash sharoiti va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, Buyuk Turon MFY, Bog‘dod ko‘chasi 1-uyda yashovchi Jumaniyazova Shaxlo bilan suhbat o‘tkazildi.

Fuqaro “Ayollar daftari”ning 4-toifasiga kiritilgan bo‘lib, turmushidan ajrashgan.

Uning ikki nafar voyaga yetgan farzandi mavjud bo‘lib, farzandlari otasi qaramog‘ida yashaydi.

Uchrashuv davomida fuqaroning ehtiyojlari, mavjud muammolari va kelgusida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ko‘mak choralari muhokama qilindi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.