Barcha yangiliklar
Hududlar taraqqiyoti yo‘lida amaliy muloqot
Gallery image 203456
Gallery image 203457
Gallery image 203458
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
25 Iyul 2026
00:00

Hududlar taraqqiyoti yo‘lida amaliy muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari hamda yil oxirigacha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan bugun Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.Bobojonov Qo‘rg‘on va Ilg‘or mahalla raisalari, Ulug‘bek jome masjidi imomi xatibi A.Dexqonboyev, mahallalari faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, "Dolzarb 40 kunlik" doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan aniq rejalar belgilab olindi.
🤝 Hamkorlik, tashabbus va mas’uliyat uyg‘unligi asosida mahallalarda bunyodkorlik ishlari izchil davom ettiriladi.