Barcha yangiliklar









MURODOV RAXMAT AXADOVICH
29 Iyul 2026
17:52
Deputat saylovchilar muammolarini tingladi
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati U.Ochilov o‘zining saylov okrugida bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan yo‘l-transport, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish hamda ijtimoiy sohalarga oid qator masalalar ko‘tarildi.
👉Deputat har bir murojaatni atroflicha tinglab, ularni qonuniy tartibda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi. Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.