Barcha yangiliklar
Deputat A. Xolmurzayev "Guliston" mahallasi aholisi bilan uchrashdi
Gallery image 203415
Gallery image 203416
Gallery image 203417
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
24 Iyul 2026
00:00

Deputat A. Xolmurzayev "Guliston" mahallasi aholisi bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Xolmurzayev tomonidan 2026-yilning II choragi yakunlari yuzasidan "Guliston" mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan tuman Ichki ishlar bo‘limi, Soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbarlarining hisobotlari yuzasidan saylovchilarning fikr va takliflari o‘rganildi. Aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan takliflar yig‘ilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha choralar belgilab olindi.