Barcha yangiliklar
"Dolzarb 40 kunlik": Bekobod tumanida ustuvor vazifalar belgilandi
Gallery image 203408
Gallery image 203409
Gallery image 203410
Gallery image 203411
Gallery image 203412
Gallery image 203413
Gallery image 203414
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
24 Iyul 2026
00:00

"Dolzarb 40 kunlik": Bekobod tumanida ustuvor vazifalar belgilandi

Kuni kecha Bekobod tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan "Dolzarb 40 kunlik" doirasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida og‘ir mahallalarda ishlarni jadallashtirish hamda aholi farovonligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Z.Nizomiddinov mahalla raislari va mas’ullarga obodonlashtirish, ozodalikni ta’minlash, tomorqalardan unumli foydalanish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Ta’kidlanganidek, "Dolzarb 40 kunlik" doirasidagi ishlar qat’iy nazorat ostida olib boriladi.