Barcha yangiliklar
Kambag‘allikdan farovonlik sari
Gallery image 23674
RAMANOVA FIRUZA SAPARBAYEVNA
16 Yan 2025
17:30

Kambag‘allikdan farovonlik sari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-sonli Farmoni va 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qaroriga asosan mahalllarda tashkilotlar rahbarlari va mahalla yettiligi bilan birgalikda o‘rganishlar olib borildi. Birinchi navbatda shahardagi 450 ta kambag‘al oilalar tanlab olinib, ularga 90 nafar viloyat va shahar darajasidagi rahbarlar biriktirilgan. 

Biriktirilgan shahar va viloyat rahbarlarining xonadanbay ishlarini tashkillashtirilganligi yuzasidan deputatlik monitoringni olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati mudiri deputat P.Ro'ziboyev va mahalla deputati M.Jumaniyazovalar Urganch shahar Avesto va Navbahor mahallasida yashovchi kambag'al oilalardan habar oldilar.