Barcha yangiliklar
Aholining tibbiy va reproduktiv madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi
Gallery image 203385
MATYAQUBOVA SARABIBI IDIROVNA
31 Iyul 2026
17:45

Aholining tibbiy va reproduktiv madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi

Aholining tibbiy va reproduktiv madaniyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati R. Ismoilova o‘ziga biriktirilgan sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida tibbiy madaniyat, sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlik bo‘yicha bilimlarni oshirishga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazdi.
Tadbir davomida fuqarolarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda tibbiy ko‘riklarning ahamiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Ta’kidlanganidek, aholi salomatligini mustahkamlash, tibbiy va reproduktiv madaniyatni yuksaltirish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu borada deputatlar va mutasaddi tashkilotlarning hamkorligi alohida ahamiyat kasb etadi.