Barcha yangiliklar
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZIB, MAHALLADA XONADONBAY O‘RGANISHLAR OLIB BORDI
Gallery image 203376
Gallery image 203377
Gallery image 203378
Gallery image 203379
Gallery image 203380
Gallery image 203381
Gallery image 203382
Gallery image 203383
Gallery image 203384
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
31 Iyul 2026
17:45

📍 DEPUTAT SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZIB, MAHALLADA XONADONBAY O‘RGANISHLAR OLIB BORDI

🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan 10-Do‘stlik saylov okrugi deputati Sultonov Po‘lat Yo‘ldoshevich 2026-yilning 2-choragi yakunlari yuzasidan saylovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
🚶‍♂️ Shuningdek, deputat mahallada ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan bevosita uchrashdi, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandi hamda ularning murojaatlarini tingladi.
🗣 Uchrashuv va o‘rganishlar davomida fuqarolar tomonidan, avvalo, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketishdagi uzilishlar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Mazkur masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
🛣 Shuningdek, aholi tomonidan Sahiylar, Sahiylar 1-tor, Sahiylar 2-tor, Oltin Zamin 1-tor, Bolchi hamda Shirin ko‘chalarining jami 2,4 kilometr qismini asfalt qoplamasi bilan ta’minlash bo‘yicha taklif va murojaatlar ilgari surildi.
🏛 Uchrashuvda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda kotibiyat xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini deputatlik nazoratiga olish va ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdilar.