Barcha yangiliklar
Tashabbusli budjet mablag‘lari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida
Gallery image 203354
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
31 Iyul 2026
17:28

Tashabbusli budjet mablag‘lari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida

Tashabbusli budjet mablag‘lari ijrosi doimiy komissiya muhokamasida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda hudud uchun muhim bo‘lgan masalalardan biri — 2026-yil II chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U.Maxmanazarovning hisoboti eshitildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalari, amalga oshirilgan ishlar va mavjud masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Yig‘ilishda deputatlar tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihalari doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, aholi tomonidan ilgari surilgan takliflarning hayotga tatbiq etilishi so'raldi.