Barcha yangiliklar
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda
Gallery image 203283
Gallery image 203284
Gallery image 203285
Gallery image 203286
Gallery image 203287
Gallery image 203288
Gallery image 203289
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
31 Iyul 2026
17:14

Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda

Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha
24 talik tavsiyalarda Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati organish yuzasidan Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati A. Xasanov, Kengash kotibiyati mutaxassisi U. Shopotixov hamda XDP Olmazor tuman Kengashi raisi X. Xamidov ishtirokida Olmazor tumani Ahil MFY, Uzumbog‘ ko‘chasida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida yo‘l-qurilish ishlari sifati, belgilangan me’yor va talablar asosida amalga oshirilishi, shuningdek, ishlarning o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur asfaltlashtirish ishlari mahalla aholisiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratish, ichki ko‘chalarning infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.