Barcha yangiliklar
Tez tibbiy yordam sifati deputat nazoratida
Gallery image 203261
Gallery image 203262
Gallery image 203263
Gallery image 203264
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
23 Iyul 2026
00:00

Tez tibbiy yordam sifati deputat nazoratida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Shokirova hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi A.Utegenov "Bunyodkor" mahallasi hududida joylashgan Dehqonobod tez tibbiy yordam shoxobchasi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aholi uchun ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam xizmatining sifati, tibbiyot xodimlarining faoliyati, mavjud sharoitlar hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.