Barcha yangiliklar
Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish yuzasidan deputat so‘rovi
Gallery image 203253
Gallery image 203254
Gallery image 203255
Gallery image 203256
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
23 Iyul 2026
00:00

Yo‘l harakati xavfsizligini oshirish yuzasidan deputat so‘rovi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova tomonidan "O‘zbekiston" MFY hududida joylashgan S. Pochchaumarov markaziy ko‘chasidagi piyodalar o‘tish joyining har ikki tomoniga svetofor o‘rnatish masalasi yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Mazkur deputat so‘rovida ushbu hududda piyodalar, ayniqsa bolalar, keksalar va boshqa fuqarolarning yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport vositalari harakatini tartibga solish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida piyodalar o‘tish joyining har ikki tomoniga svetofor o‘rnatish zarurligi ta’kidlandi.