Barcha yangiliklar















UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
22 Iyul 2026
00:00
Bekobod tumanida ikki yirik investitsiya loyihasiga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalariga ramziy start berildi.
Ular qatorida Bekobod tumanida Germaniyaning "Hyper Partners GmbH" kompaniyasi tomonidan "Oybek" erkin savdo zonasi loyihasi hamda "Oybek" bojxona postini rekonstruksiya qilish ishlari boshlandi. Shuningdek, "Bekobod Invest" kompaniyasining Bashkortoston loyihasiga ham start berildi.
Mazkur loyihalar yangi ish o‘rinlari yaratish, investitsiyalarni jalb etish, logistika va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda Bekobod tumanining iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirishga xizmat qiladi.