Barcha yangiliklar
#sessiya_30
Gallery image 203208
Gallery image 203209
Gallery image 203210
Gallery image 203211
Gallery image 203212
Gallery image 203213
Gallery image 203214
Gallery image 203215
Gallery image 203216
Gallery image 203217
Gallery image 203218
Gallery image 203219
Gallery image 203220
Gallery image 203221
Gallery image 203222
Gallery image 203223
Gallery image 203224
Gallery image 203225
Gallery image 203226
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
27 Iyul 2026
16:54

#sessiya_30

2026-yil 27-iyul kuni Jondor tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi o`ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida Jondor tumanida 2026-yilning birinchi yarim yilligida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturi ijrosi yuzasidan tuman hokimi J.Xudoyevning hisoboti, Jondor tumanida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Y.Olimovning hisoboti, Jondor tumanida 2026-yil 6 oyi davomida tumandagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jondor tumanidagi Xalq qabulxonasining axboroti hamda Jondor tumani mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2024-yil 26-oktabrdagi VII-121-129-2-35-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha deputatlar tomonidan atroflicha muhokamalar olib borildi va Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.