Barcha yangiliklar
📍 Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 203203
Gallery image 203204
Gallery image 203205
Gallery image 203206
Gallery image 203207
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
22 Iyul 2026
00:00

📍 Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat I.Xaliqberdiyev tomonidan "Ilgʻor" mahallasi aholisi bilan 2026-yilning II choragi yakunlariga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat, taklif va mulohazalari tinglanib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni hal etish hamda saylovchilar bilan doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish yuzasidan fikr almashildi.

Ochiq muloqot jarayonida bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda oʻrganish va amaliy yechim topish uchun nazoratga olindi.