Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida bo‘ldi.
Gallery image 203184
Gallery image 203185
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
31 Iyul 2026
16:53

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida bo‘ldi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov kunlik ish rejasiga muvofiq, Baxrin mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida Baxrin mahallasining Yuqori Baxrin qishlog‘ida bo‘ldi.

O‘rganish davomida qishloqda maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud emasligi sababli, aholining ushbu yo‘nalishdagi ehtiyoji joyida ko‘rib chiqildi. Mahalla fuqarolari tomonidan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish maqsadida 150 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT) qurish zarurligi bildirildi.

Mazkur ehtiyojni inobatga olgan holda, 2027-yil Investitsiya dasturiga Yuqori Baxrin qishlog‘ida 150 o‘rinli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilishini kiritish bo‘yicha taklif tayyorlanishi belgilandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|