Barcha yangiliklar
Mahalliy budjet mablag‘larini samarali yo‘naltirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi
Gallery image 203069
Gallery image 203070
Gallery image 203071
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
27 Iyul 2026
15:43

Mahalliy budjet mablag‘larini samarali yo‘naltirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Yig‘ilishda Jondor tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i U. Fayzulloyev axborot berdi.

⚡️Axborotda mahalliy budjetning qo‘shimcha daromad manbalari hisobidan shakllangan mablag‘larni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish, hududlarda ijtimoiy va infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar bayon etildi.

⚡️Doimiy komissiya a’zolari taqdim etilgan axborotni atroflicha muhokama qilib, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, ularning sarflanishi ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalarni bildirdilar.

⚡️Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.