Barcha yangiliklar









FAYZIYEV RUSTAM SODIKOVICH
31 Iyul 2026
15:36
Aholi osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash yoʻlidagi amaliy qadamlar
2026 yil 28-iyul kuni Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent tumani boʻylab keng qamrovli oʻrganish ishlarini amalga oshirdi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tumani hokimi S.Ergashev hamrohligida oʻtkazilgan mazkur jarayonda tumanning bir nechta hududlari bevosita koʻzdan kechirilib, jamoat tartibini saqlash borasidagi holat atroflicha tahlil qilindi.
Ushbu oʻrganishlar davomida masʼullar tomonidan hududlarda tashkil qilingan hamkorlikdagi xizmat faoliyati samarasini oshirish hamda xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan ishlar taxlil qilindi.v