Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq XXIII-sessiyasi bo`lib o`tdi
Gallery image 203021
Gallery image 203022
Gallery image 203023
Gallery image 203024
Gallery image 203025
Gallery image 203026
Gallery image 203027
Gallery image 203028
Gallery image 203029
Gallery image 203030
Gallery image 203031
Gallery image 203032
Gallery image 203033
Gallery image 203034
Gallery image 203035
Gallery image 203036
FAYZIYEV RUSTAM SODIKOVICH
31 Iyul 2026
15:21

Xalq deputatlari Toshkent tumani Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq XXIII-sessiyasi bo`lib o`tdi

Shuningdek, xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlash maqsadida Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi Erkin Rizayev aholi muammolari bilan ishlash tizimini takomillashtirishga doir farmon ijrosiga to'xtalib o'tayotgan bo'lsa, tuman adliya bo'limi boshlig'i Shavkat Tojiboyev norma ijodkorligi hamda huquqni qo'llash amaliyoti holati yuzasidan axborot taqdim etmoqda. Davlatimiz tayanchi bo'lgan qonun ustuvorligini ta'minlash yo'lida tuman prokurori Baxodir Jalilov va IIB boshlig'i Abdulaziz Mullajonovlar o'tgan olti oy davomida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida qilingan mashaqqatli mehnat va natijalarni tahlil qilib bermoqdalar.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masalalar ham o'zining ahamiyati bilan barcha deputatlar va faollar e'tiborini tortmoqda. tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i Sanjar Abduvaliyev ikkinchi chorak yakunlari va mahalliy budjet daromadlarining prognoz ko'rsatkichlari ijrosi yuzasidan batafsil to'xtalib o'tmoqda. Shu bilan birga, hududiy yaxlitlik masalalariga ham alohida e'tibor qaratilib, Respublika aerogeodeziya markazi bo'lim boshlig'i Umidjon Tojiboyev tuman hududidagi shaharcha va qishloqlarning ma'muriy-hududiy chegaralarini aniq belgilash yuzasidan hisobot o'qimoqda. Yig'ilishning mantiqiy va amaliy qismi sifatida tuman hokimligi iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Baxrom Abduraxmonov tomonidan mahalliy byudjetning qo'shimcha mablag'lari hamda infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg'armasi hisobidan mablag'larni maqsadli ajratish loyihalari muhokamaga qo'yilmoqda. Bir so'z bilan aytganda, ayni daqiqalarda Toshkent tumanining kelgusi taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan eng strategik va hayotiy qarorlar ko'rib chiqilmoqda.