Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani
Gallery image 202913
Gallery image 202914
Gallery image 202915
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
30 Iyul 2026
14:38

#Chinoz_tumani



Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 24–Eski Toshkent saylov okrugidan saylangan deputat Laziza Sobirjonova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi “Yaxshi Niyat” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

Unda mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish davomida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini oshirish hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.